Rangtasvir · Grafika · Haykaltaroshlik

Asaringiz sizniki. Buni sana bilan isbotlaymiz.

Asar suratini yuklang — e-asar uni raqamli izga aylantiradi, milliy reestrga yozadi va guvohnoma beradi. Kimdir uni ko‘chirsa, tizim nusxani taniydi va sizga xabar beradi.

97%o‘zgartirilgan nusxa aniqlandi
14jahon xizmati vazifasi bitta joyda
2 daqasarni ro‘yxatga olish
Asl asar
Muallif yukladi
EA-2026-000005 · 07.10.2026
Ruxsatli
Topildi: galereya sayti
litsenziya bor
Ruxsatsiz
Topildi: suvenir do‘koni
98% o‘xshash
EA-2026-000005✓ Tasdiqlangan
Sana
07.10.2026 16:42:18 (Toshkent)
SHA-256
9f2c41ab…5f08a3c1
Muallif
Namuna muallif C
QR-guvohnomaKo‘rinmas belgiImzoli manifest
Qanday ishlaydi

To‘rt qadam — va asar himoyada

Ro‘yxatga olish taxminan ikki daqiqa oladi. Shundan keyin har bir yangi yuklangan rasm sizning asaringiz bilan avtomatik solishtiriladi.

01

Suratni yuklang

Rangtasvir uchun bitta to‘liq kadr. Haykal uchun old, orqa va ikki yondan suratlar. Telefon kamerasi yetadi.

02

Skaner izni oladi

Tizim rasmdan raqamli “barmoq izi” chiqaradi va reestrdagi barcha asarlar bilan solishtiradi.

03

Reestrga yoziladi

Asar raqam oladi. Sana, vaqt va fayl xeshi o‘zgartirib bo‘lmaydigan qilib qayd etiladi.

04

Guvohnoma va kuzatuv

QR-guvohnoma beriladi. O‘xshash asar paydo bo‘lsa — Telegram va e-mail orqali darhol xabar olasiz.

14 xizmat — bitta joyda

Dunyodagi eng yaxshi himoya vositalari, bitta kabinetda

Har bir jahon xizmatining asosiy vazifasini o‘zimizning kodimiz bilan qayta qurdik. “Saytda” — shu sahifada hozir ishlaydi; “serverda” — e-asar.uz serverida yoqiladi. Kartani bosing — vosita ochiladi.

Reestrdan

Har bir asar — raqami, muallifi va sanasi bilan

Namuna reestrdagi asarlar. Haqiqiy reestrda har bir asar sahifasi QR orqali ochiladi va kimga tegishli ekanini ko‘rsatadi.

Kabinet · jonli namuna

Hoziroq sinab ko‘ring

Asar tanlang va vositalarni birma-bir sinang. “Nusxa yasab tekshirish” reestrdagi asarni buradi, kesadi, rangini o‘zgartiradi — skaner esa uni baribir taniydi. Yozuvlar faqat shu brauzerda turadi.

Kimlar uchun

Asarni yaratgandan sotib olgangacha

Rassom

  • Instagramga qo‘yishdan oldin ro‘yxatga oling
  • Bosma, gilam, suvenirdagi nusxani biling
  • Sotuvda xaridorga guvohnoma bering

Haykaltarosh

  • Har burchak alohida himoyada
  • Kichraytirilgan yoki boshqa materialdagi takrorni toping
  • Monument eskizini ekspertizagacha qayd eting

Galereya va xaridor

  • Sotib olishdan oldin asar kelib chiqishini tekshiring
  • Guvohnomani yangi egaga o‘tkazing
  • Haykal yoki ramkaga QR yorliq

Buyurtmachi va ekspertlar

  • Taqdim etilgan eskiz yangi asarmi — bir zumda
  • Tender komissiyasi uchun tekshiruv
  • Muzey fondlari uchun reestr
Dalil

“Men birinchi edim” — besh qatlamda

Mualliflik huquqi asar yaratilgan paytdan paydo bo‘ladi. e-asar uni sanasi aniq, buzib bo‘lmaydigan dalil bilan mustahkamlaydi.

01Fayl xeshi

Asl faylning SHA-256 izi — fayl o‘zgarmaganini ko‘rsatadi.

02Vaqt tamg‘asi

Xalqaro RFC 3161 standartidagi imzoli sana. e-asar yopilsa ham dalil tekshiriladi.

03Shaxs tasdig‘i

OneID yoki telefon orqali kim ro‘yxatga olgani qayd etiladi.

04Ko‘rinmas belgi

Rasm piksellariga yashirilgan asar raqami — internetdagi nusxa qaysi yozuvdan ekanini ko‘rsatadi.

05Yaratilish jarayoni

Eskizlar, ustaxona fotolari va videolar — asarni aynan siz yaratganingiz isboti.

Ro‘yxatga olish guvohnomasi
EA-2026-000005
Yangi asar
Asar
«Bog‘. Kech kuz», 2026
Muallif
Namuna muallif C
Turi
Rangtasvir · xolst, moy · 80×100 sm
Sana
07.10.2026, 16:42 (Toshkent)
SHA-256
9f2c 41ab 7d0e 52c8 e113 6b9a 0c47 d2f1 8e65 3a90 b7c2 14de 5f08 a3c1 6e79 b240
Narxlar

Ro‘yxatga olish — bepul boshlanadi

Bepul

0 so‘m
  • 10 ta asar
  • Skaner va QR-guvohnoma
  • Reestrdan tekshirish
Boshlash

Muallif Pro

49 000 so‘m / oy
  • Cheksiz asar
  • Ko‘rinmas belgi qo‘yilgan nusxa
  • Internetni haftalik kuzatish
  • Telegram ogohlantirish
Ulanish

Ustaxona va galereya

199 000 so‘m / oy
  • 5 foydalanuvchi
  • Ommaviy yuklash, API
  • Brendli guvohnoma
Bog‘lanish

Alohida xizmatlar: bahsli holatda ekspert xulosasi, Intellektual mulk markazida deponentlash uchun hujjatlar paketi, haykal va ramkalar uchun QR/NFC yorliqlar.

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

e-asar davlat ro‘yxatimi?

Yo‘q. e-asar — xususiy dalil reestri. U asar shu sanada sizda bo‘lganini isbotlaydi. Rasmiy davlat dalili kerak bo‘lsa, asar sahifasidagi tugma orqali Intellektual mulk markazida deponentlash uchun hujjatlarni tayyorlab beramiz.

Yuklagan rasmim boshqalarga ko‘rinadimi?

Reestrda faqat kichik nusxa va asar ma’lumotlari ko‘rinadi. Asl faylni hech kim yuklab ololmaydi. Asarni “yashirin” qilsangiz, uni faqat tekshiruvda moslik topilganda ko‘rsatamiz.

Skaner xato qilsa-chi?

Skaner faqat signal beradi: “yangi”, “qisman o‘xshash” yoki “deyarli bir xil”. Bir mavzudagi ikki mustaqil asar o‘xshash chiqishi mumkin. “Nusxa” degan xulosani faqat ekspert chiqaradi.

Haykalni qanday ro‘yxatga olaman?

Haykalni to‘rt tomondan suratga oling. Har bir surat alohida solishtiriladi — boshqa burchakdan olingan nusxa ham tanib olinadi. Keyingi bosqichda 3D skan ham qo‘shiladi.

Kimdir asarimni o‘ziniki qilib oldinroq yuklasa?

Bahs ochasiz: eskizlar, jarayon fotolari va boshqa dalillarni yuklaysiz. Ekspert ikkala tomon dalilini ko‘rib xulosa beradi, yozuv “bahsli” deb belgilanadi.