San’at va buyurtmalar bir joydaIjodingizga yangi imkoniyat

Özbekiston badiiy ijodkorlar uyuşmasi ijodkorlari birlaşgan platforma. Asar tanlang va buyurtma bering.

Санъат ва буюртмалар бир жойдаЎзбекистон бадиий ижодкорлар уюшмаси ижодкорлари бирлашган платформа. Асар танланг ва буюртма беринг.
БуюртмаларГалереяТанловларРеестр

Yangi buyurtmalar

Ijodkorlar galereyasi

E’lonlar va yangiliklar

SARALANGAN ASARLAR

Asarni röyxatga oliş tartibi

Röyxatga oliş bir neça daqiqani oladi. Şundan söng reestrga kiritiladigan har bir yangi asar avtomatik ravişda sizning asaringiz bilan soliştiriladi.

01

Soha va faylni tanlang

Tasviriy asar uçun töliq kadrli surat, hajmli asar uçun tört rakursdan suratlar. Matn, audio va video asarlar uçun asl fayl tanlanadi — u serverga yuborilmaydi.

02

Raqamli iz olinadi

Tasvirdan perseptiv iz, fayldan SHA-256 xeş hisoblanadi va reestrdagi barça yozuvlar bilan soliştiriladi.

03

Reestrga kiritiladi

Asarga röyxat raqami beriladi. Sana, vaqt va xeş özgartirib bölmaydigan tarzda qayd etiladi.

04

Guvohnoma va monitoring

QR-kodli guvohnoma beriladi. Öxşaş asar aniqlanganda muallifga elektron poçta orqali xabar yuboriladi.

Röyxatga olinadigan asarlar: 11 soha

Tasvirga asoslangan asarlar raqamli iz böyiça reestrdagi barça asarlar bilan soliştiriladi va özgartirilgan nusxalar ham aniqlanadi. Matn, audio va video asarlar fayl xeşi (SHA-256) böyiça qayd etiladi va tekşiriladi. Sohani tanlang — röyxatga oliş şakli oçiladi.

Asarni röyxatga oliş va tekşiriş

Soha va asar turini tanlang, söng surat yoki faylni yuklang. “Tekşiriş” rejimida uçragan asar e-asar reestri bilan soliştiriladi va dunyo böyiça oçiq saytlar, maqolalarda ham qidiriladi. Tekşiruv uçun yuklangan fayl reestrga yozilmaydi.

Reestr böyiça tekşiriş

Guvohnomada körsatilgan röyxat raqamini kiriting.

Ijodkorlar, taşkilotlar va xaridorlar uçun

Ijodkorlar

  • Asarni e’lon qilişdan oldin röyxatga oliş
  • Ruxsatsiz nusxalar töğrisida xabardor böliş
  • Xaridor va buyurtmaçiga guvohnoma taqdim etiş

Haykaltaroşlar va me’morlar

  • Asarni bir neça rakursda qayd etiş
  • Kiçraytirilgan yoki boşqa materialdagi takrorlarni aniqlaş
  • Loyiha va eskizlarni ekspertizagaça qayd etiş

Galereyalar, naşriyotlar va xaridorlar

  • Asar kelib çiqişini xariddan oldin tekşiriş
  • Guvohnomani yangi egaga ötkaziş
  • Asarga QR-yorliq biriktiriş

Buyurtmaçilar va ekspert kengaşlari

  • Taqdim etilgan eskiz yangiligini tekşiriş
  • Tanlov va tender komissiyalari uçun ma’lumotnoma
  • Muzey va fond kolleksiyalari reestri

Mualliflikni tasdiqlovçi beş daraja

Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq mualliflik huquqi asar yaratilgan paytdan vujudga keladi. e-asar uşbu faktni sanasi aniq va özgartirib bölmaydigan yozuv bilan qayd etadi.

01Fayl xeşi

Asl faylning SHA-256 izi faylning özgartirilmaganini tasdiqlaydi.

02Vaqt va yozuvlar zanjiri

Röyxatga oliş sanasi server tomonidan qayd etiladi; har bir yozuv oldingisining xeşi bilan boğlanadi.

03Muallif ma’lumotlari

Röyxatga oluvçining aloqa ma’lumotlari va egalik kaliti qayd etiladi. OneID orqali şaxsni tasdiqlaş keyingi bosqiçda joriy etiladi.

04Körinmas belgi

Tasvir piksellariga kiritilgan asar raqami internetdagi nusxa qaysi yozuvga tegişli ekanini körsatadi.

05Yaratiliş jarayoni

Eskizlar, qoralamalar, ustaxona fotosuratlari va videoyozuvlar bahsli holatlarda qöşimça dalil sifatida qabul qilinadi.

Ruxsatsiz foydalaniş holatlarida huquqiy yordam

Reestrda qayd etilgan asardan ruxsatsiz foydalanilgan taqdirda e-asar hamkor yuristlar bilan birgalikda muallif manfaatlarini himoya qiladi. Xizmat şartlari muallif bilan tuziladigan şartnomada belgilanadi.

01

Işonçnoma

Xizmatga ulanişda muallif hamkor yuristga öz manfaatlarini ifodalaş uçun işonçnoma beradi.

02

Holatni qayd etiş

Nusxa aniqlanganda dalillar rasmiylaştiriladi: reestr yozuvi, tekşiruv natijasi va foydalaniş joyi.

03

Talabnoma

Huquqbuzarga foydalanişni töxtatiş yoki litsenziya şartnomasini tuziş töğrisida talabnoma yuboriladi.

04

Sud tartibi

Talab bajarilmasa, kompensatsiya qonunçilikda belgilangan tartibda sud orqali undiriladi.

Tarif rejalari

Boşlanğiç

0 söm
  • 10 tagaça asar
  • Skaner va QR-guvohnoma
  • Reestr böyiça tekşiruv
Röyxatga oliş

Muallif

49 000 söm / oy
  • Çeklanmagan miqdordagi asar
  • Körinmas belgili nusxa
  • Internetda haftalik monitoring
  • Elektron poçta orqali xabarnoma
Ulaniş

Taşkilot

199 000 söm / oy
  • 5 nafar foydalanuvçi
  • Ommaviy yuklaş, API
  • Taşkilot nomi bilan guvohnoma
Murojaat qiliş

Qöşimça xizmatlar: Intellektual mulk markazida deponentlaş uçun hujjatlar töplami, huquqiy himoya xizmati, QR va NFC yorliqlar.

Köp beriladigan savollar

e-asar davlat reestri hisoblanadimi?

Yöq. e-asar — xususiy dalil reestri bölib, asar körsatilgan sanada muallifda mavjud bölganini tasdiqlaydi. Rasmiy davlat röyxati talab etilsa, Intellektual mulk markazida deponentlaş uçun hujjatlar tayyorlab beriladi.

Reestrda qanday ma’lumotlar oçiq körinadi?

Asar nomi, muallifi, turi, röyxatga olingan sanasi va kiçraytirilgan tasvir yoki muqova. Asl fayl oçiq e’lon qilinmaydi; matn, audio va video fayllar serverga umuman yuborilmaydi. Aloqa ma’lumotlari faqat ma’muriyatga körinadi.

Skaner xato qilişi mumkinmi?

Skaner signal beradi: “yangi asar”, “qisman öxşaş” yoki “deyarli bir xil”. Bir mavzudagi ikki mustaqil asar öxşaş çiqişi mumkin. Asar nusxa ekanligi töğrisidagi xulosani faqat ekspert beradi.

Matn, musiqa yoki film qanday röyxatga olinadi?

Tegişli sohani tanlab, asl faylni yuklang. Brauzer faylning SHA-256 izini hisoblaydi; reestrga iz, asar ma’lumotlari va muqova yoziladi, faylning özi esa sizda qoladi. Keyinçalik şu fayl tekşirilsa, tizim uni röyxat raqami bilan tasdiqlaydi.

Haykal yoki hajmli asar qanday röyxatga olinadi?

Asarni tört tomondan suratga oling. Har bir surat alohida soliştiriladi, şuning uçun boşqa rakursdan olingan nusxa ham aniqlanadi.

Asarimni boşqa şaxs oldinroq röyxatga olgan bölsa-çi?

Tizim ogohlantiriş beradi va murojaat şaklini taklif etadi. Murojaatda eskizlar, qoralamalar va boşqa dalillarni körsating — ma’muriyat siz bilan boğlanadi, holat ekspert tomonidan körib çiqiladi va yozuv “bahsli” deb belgilanadi.

Aloqa

Röyxatga oliş, hamkorlik va huquqiy himoya masalalari böyiça murojaat qiling.

Taşkilot«EASAR» MÇJSTIR 313455050
ManzilToşkent ş., Çilonzor tumani, Lutfiy köçasi, 10-a
Elektron poçtainfo@e-asar.uz